Pablo Pikassoning 11 ta sanʼat asari Las-Vegasdagi "Bellagio" mehmonxonasida kim oshdi savdosiga qoʼyildi. Auksionda 1973-yilda vafot etgan ispaniyalik rassomning toʼqqizta surati va ikkita keramik buyumlari namoyish etildi. Maʼlum qilinishicha, toʼplam 50 yildan ortiq to'plangan badiiy ijod mahsulotlarini oʼz ichiga oladi. Umumiy hisobda uning summasi 108,9 million dollarni tashkil etgan. Unda 1938-yilgi Pikassoning sevgilisi va ilhomlantiruvchisi Mari-Teres Valter aks etgan surat Qizil-toʼq sariq beretli ayol kartinasi kechaning eng yuqori baholangan asari boʼlib, uning bahosi 40,5 million dollarga etgan. YAna bir durdona asar "Odam va bola" nomli katta hajmdagi portret 24,4 million dollarga sotilgan. Shuningdek, sotuvga Pikasso tomonidan 1942-yilda fashistlarning Parijni bosib olgan paytida chizgan "Nature Morte au Panier de Fruits et aux Fleurs" (mevali savat va gullar bilan natyurmort) asari ham kiritilgan. U 16,6 million dollarga baholangan. Mazkur toʼplamni yigʼish 20 yildan koʼproq vaqt oldin "Bellagio" mehmonxonasining sobiq egasi, amerikalik kazino magnati Stiv Uin tomonidan boshlangan. Suratlar auksionga qo'yilishdan oldin mehmonxonadagi Pikasso restoranida namoyish etilgan. Zamonaviy san'at muzeyining (Nyu-YOrk) baholashiga ko'ra, Pikasso o'z hayotida 20 mingga yaqin asar yaratgan. Pablo Pikassoning eng mashhur rasmlari: "Gernika", "Avinyon qizlari", "Komediyachilar oilasi", "Absent sevuvchisi", "SHardagi qiz", "Ambruaz Vollarning portreti", "Dora Maar mushuk bilan", "Jaklin va gullar" asarlaridir. Bu haqda Intellektual mulk agentligi telegram kanalida ma'lum qilinmoqda.
109 million dollarga sotilgan suratlar
YAna bir durdona asar — "Odam va bola" nomli katta hajmdagi portret 24,4 million dollarga sotilgan.
Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashish boʻyicha navbatdagi rekord qayd etildi
- Mirishkorda baliqlar noqonuniy ovlanganligi aniqlandi
- Surxondaryo viloyatida tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi
- Ikkinchi imkon: tadbirkorlar undan toʻgʻri va oʻz oʻrnida foydalanishi kerak
- Lutfiy ko‘chasida mikromobillik uchun alohida yo‘lak sinovdan o‘tkazildi — bu tajribani boshqa ko‘chalarda ham qo‘llash rejalashtirilmoqda
- Gʻalabaga ishonch ruhida kechayotgan kunlar
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Qidiruvdagi shaxs ayollarni terrorchilik tashkilotlariga jalb qilgani aytilmoqda
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi