Hujjatga muvofiq, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari öz hisobot va axborotlarini belgilangan muddatlarda mahalliy Kengaşlarga şaxsan taqdim etişi şart böladi.
Şuningdek, har çorakda kamida bir marta Kengaş sessiyasi kun tartibidagi birinçi masala sifatida, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida saylov okruglaridagi muammolar aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib muhokama qilinadi.
Farmon bilan deputatlarning byudjet taşabbuslariga ham kengroq imkoniyat yaratilmoqda. Xususan, 2028-yil uçun mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişda byudjet xarajatlarining 3 foizdan 5 foizgaça bölgan qismi hudud toifasidan kelib çiqib, bevosita deputatlar taşabbusi asosida yönaltiriladi. Bunda deputatlarning byudjet taşabbuslari kelgusi yil uçun byudjet sörovini şakllantiriş muddatidan kamida bir oy oldin tayyorlanadi.
Yangi tartiblarga köra, 2026-yil 1-dekabrdan boşlab xalq deputatlari tuman va şahar Kengaşlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi.
2027-yil 1-yanvardan esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahri mahalliy Kengaşlari sessiyalarida fuqarolarning kuzatuvçi sifatida iştirok etiş amaliyoti joriy qilinadi. Bunda ular sessiya işiga aralaşiş huquqiga ega bölmaydi.
Bundan taşqari, mahalliy Kengaş deputatlarining tegişli viloyat, tuman yoki şahar hududida joylaşgan korxona, muassasa va taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi ularning deputatlik darajasidan kelib çiqib belgilandi.
Yana bir muhim yangilik — mahalliy Kengaşlarga ularning qarorlarida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajarmagan yoki belgilangan tartibda hisobot taqdim etmagan mansabdor şaxslarga nisbatan yuqori turuvçi organlarga taqdimnoma kiritiş vakolati berildi. Uşbu taqdimnomalar mansabdor şaxsning lavozimiga loyiqligini yoki uni intizomiy javobgarlikka tortiş masalasini körib çiqişga qaratilgan böladi.
Farmon mahalliy vakillik organlarining nazorat funksiyalarini kuçaytiriş, deputatlarning hududiy muammolarni hal etişdagi iştirokini kengaytiriş hamda mahalliy boşqaruvda oçiqlik va masʼuliyatni oşirişga qaratilgan.