«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor profilaktik tadbirlari davomida Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida şunday holatlar aniqlandi.
Samarqand viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati boşqarmasi, bojxona va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumanida yaşovçi, 1987 va 1994-yillarda tuğilgan ikki şaxs uşlangan.
Ular 1 kilogramm 950 gramm opiyni 36 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda qölga olingan. Maʼlum qilinişiça, narkotik modda mamlakatga kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.
Xorazm viloyatidagi tadbirda 1999-yilda tuğilgan şaxs Urganç tumanida vaqtinça yaşab turgan xonadondan çiqayotganida töxtatilgan. Şu paytda uning tanişi bölgan ayol xonadon derazasidan sellofan paketni taşqariga uloqtirgan.
Paket tekşirilganda, undan 715 gramm gaşiş, 0,92 gramm mefedron hamda pregabalin moddasi bölgan «PGN 300» nomli 23 dona dori vositasi topilgan.
Qaşqadaryo viloyatida esa «Umakay» yöl-patrul xizmati maskanida Surxondaryodan Toşkentga harakatlanayotgan «Cobalt» avtomobili töxtatilgan. Tekşiruv davomida yölovçi sifatida ketayotgan, Denov tumanida yaşovçi 1996-yilda tuğilgan şaxsning yonidan 327 gramm opiy va 127 gramm gaşiş aniqlangan.
Maʼlumotlarga köra, uşbu narkotik moddalar avval Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.