2022-2023-oʻquv yilida umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilar uchun pedagogika OTMlarida bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul koʻrsatkichlarining oliy taʼlim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati.
5 yil stajga ega oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar uchun maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining 2022 yul 2-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 5 yil stajga ega oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar uchun maqsadli qabul kvotalari tasdiqlandi.