Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi örinbosari va Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali mansabdori özaro til biriktirib, xizmat mavqelaridan foydalangan holda tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kirişgan. Ular tuman hokimligi zaxirasida bölgan 50 sotix yer maydonini onlayn auksion savdolari orqali arzon narxda mazkur fuqaro nomiga yutib beriş evaziga 100 ming AQŞ dollari talab qilişgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda uşbu ikki mansabdor şaxs söralgan pul mablaği hisobidan 30 ming AQŞ dollarini uçinçi şaxs orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” va “g” bandlari hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.