Raqamli texnologiyalar vazirligi taşabbusi bilan Andijon davlat texnika universiteti va Andijon davlat universiteti hamkorligida «GAP» xotin-qizlar AT klubi tomonidan taşkil etilgan uçraşuvda 200 nafardan ortiq iştirokçi qatnaşdi. Ular orasida texnik yönalişlarda tahsil olayotgan va öz startap loyihalarini amalga oşirayotgan talaba-qizlar ham bor.

Uçraşuvda iştirokçilarning loyihalarni amalga oşirişda duç kelayotgan qiyinçiliklari, kasbiy rivojlaniş va texnologik tadbirkorlikka oid savollariga alohida eʼtibor qaratildi. Ekspertlar ularga amaliy tavsiyalar berib, startap ğoyalarini rivojlantiriş va keyingi qadamlarni belgilaş böyiça yöl-yöriq körsatdi.

Şuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park, Raqamli taʼlimni rivojlantiriş markazi, UZINFOCOM hamda «Özbekkosmos» agentligi vakillari iştirokida raqamli taʼlim, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, kosmik texnologiyalar va kasbiy rivojlaniş imkoniyatlari taqdim etildi.

Bundan taşqari, Taşkent International University Andijan Campusda «AI–Talaba» forumi ham taşkil etildi. Unda «GAP» xotin-qizlar AT klubi, IT Park, «Özbekkosmos» agentligi va kiberxavfsizlik yönalişi mutaxassislari yoşlar bilan uçraşib, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi taʼlim va kasbiy imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

Forum doirasida qizlarning raqamli könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy kasblarni egallaş, şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiliş, raqamli gigiyena va internet xavfsizligi masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbirlar yakunida faol iştirokçilarga 20 mingdan ortiq xalqaro kurslarda taʼlim oliş imkonini beruvçi sertifikatlar topşirildi.

Taşabbuslardan közlangan maqsad — hududlardagi yoşlar va qizlarning bilim hamda ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş, ularning raqamli texnologiyalar sohasida kasbiy rivojlanişi va texnologik tadbirkorlik bilan şuğullanişiga kömaklaşişdan iborat.