Bu haqida “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Vatandoshlarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQShning tegishli idoralari muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirildi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va ularning xavfsiz olib kelinishini ta’minlash kabi barcha zarur tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olindi.
O‘zbekiston migratsiya sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga, shuningdek, chet eldagi o‘z fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.