Bu talab AQŞ kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlari (CDC) tomonidan joriy etilmoqda.
Yangi tartibga köra, har bir yölovçi AQŞga uçişdan oldingi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bölmaganini tasdiqlovçi qoğoz yoki elektron deklaratsiyani töldirişi va imzolaşi kerak.
Bunda KDR aeroporti orqali tranzitdan ötiş ham mamlakat hududida bölganlik deb hisoblanadi. Hatto yölovçi samolyotni yoki aeroportni tark etmagan bölsa ham, deklaratsiyani töldirişi şart.
18 yoşga tölmagan yölovçilar uçun deklaratsiya ota-onasi, vasiysi yoki boşqa vakolatli şaxs tomonidan töldiriladi va imzolanadi.
Deklaratsiyani taqdim etmagan yölovçilar reysga çiqarilmaydi. Şuningdek, bila turib yolğon maʼlumot taqdim etiş AQŞ qonunçiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.
Yölovçilarga talablar bilan oldindan tanişib çiqiş va aeroportga kelişdan avval deklaratsiyani tayyorlab qöyiş tavsiya etilmoqda.
Deklaratsiya şakli va qöşimça maʼlumotlar bilan uşbu havola orqali tanişiş mumkin.