Tasnim agentligining xabar berishicha, bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bagai e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, anglashuv memorandumi Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon va AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan elektron shaklda imzolangan va allaqachon kuchga kirgan, deb xabar berdi report.az.

“Memorandum ikki Prezident tomonidan imzolangandan so‘ng, uni buzish qimmatga tushadi. Hozirda muzokara guruhlarining Jenevada ishtirok etish dasturi amalda qolmoqda, ammo memorandum raqamli shaklda imzolangan va Shveysariyada imzolash marosimi o‘tkazilmaydi”, dedi Bagai.

15-iyun kuni AQSh va Eron mojaroni hal qilish to‘g‘risida e’lon qilishdi. Keyinchalik AQSh Prezidenti Donald Tramp anglashuv memorandumi 48 soat ichida imzolanishini e’lon qildi. Shundan so‘ng, tomonlar Eron yadro dasturi va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarni boshlashlari kerak.