Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.
Hodisa seshanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan.
Laredo politsiya boshqarmasi tergovchisi Xose Baesaning so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida olti kishi bo‘lgan. Samolyot halokatdan keyin yonib ketgan.
Bir kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bortdagi qolganlarning ahvoli aniqlanmoqda, deb xabar berdi report.az.
Qayd etilishicha, guvohlar ichkaridagilarga uchuvchilar kabinasi oynasini sindirgan holda yordam berishga uringan.