O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a,v,g” bandlari, 205-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari va boshqa moddalari bilan ayb e’lon qilingan B. Abdullayev (Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari) va boshqalarga (jami 30 nafar sudlanuvchi) oid jinoyat ishi – jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tomonidan (jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida);
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a,v,g” bandlari va boshqa moddalari bilan ayb e’lon qilingan A. Ortiqov (Davaktiv agentligi sobiq direktori) va boshqalarga (jami 7 nafar sudlanuvchi) oid jinoyat ishi – jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining "a" bandi va boshqa moddalar bilan ayb e’lon qilingan A.Ashurov va boshqalarga (jami 4 nafar sudlanuvchi) oid jinoyat ishi – jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilgan jinoyat ishlarida shaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boshqa ma’lumotlar mavjudligidan kelib chiqib, sud ajrimlariga asosan, jarayon yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Bo‘lib o‘tayotgan sud protsesslari yakuni yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.