Dunyo» axborot agentligi xabar berishicha, avvalroq M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda mamlakatdan chiqish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Shu sababli vatandoshimiz Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida, uning olti nafar farzandi esa «Tranzit» bolalar ijtimoiy boshpanasida saqlangan.

Vatandoshimizning farzandlaridan uzoқ vaqt ajralib qolishining oldini olish maqsadida Bosh konsulxona tomonidan qisqa fursatda zarur hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

Shundan so‘ng M.M. va uning farzandlari «Sankt-PeterburgSamarqand» aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.