Mazkur bitim Ustyurt mintaqasida joylashgan Boyterak, Terengquduq, Birqori, Haroy, Qoraqalpoq va Qulboy bloklarini qamrab oladi.

Imzolash marosimida Jo‘rabek Mirzamahmudov, Abdug‘ani Sanginov, Rovshan Najaf hamda Djiovanni Kristofoli ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, mazkur loyiha bp kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk tashabbusi hisoblanadi va u «O‘zbekneftgaz» AJ hamda SOCAR bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Tomonlar fikricha, yuqori resurs salohiyatiga ega mazkur loyiha neft-gaz zaxiralarini qidirish va o‘zlashtirish ishlarini kengaytirish, shuningdek, uzoq muddatli iqtisodiy manfaatlar yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim bpning qidiruv portfelini kengaytirish va uzoq muddatli o‘sish strategiyasining muhim qismi ekani ta’kidlandi.

Bitimdagi ulushlar quyidagicha taqsimlangan:

  • bp — 40 foiz;
  • SOCAR — 30 foiz;
  • «O‘zbekneftgaz» AJ — 30 foiz.

Ma’lumot uchun, mazkur mahsulot taqsimoti bitimi dastlab 2025 yil 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ va SOCAR o‘rtasida imzolangan.

Hozirda loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilmoqda va SOCAR operator sifatda seysmik qidiruv ishlarini olib bormoqda.