Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Xalqobod” massividagi yaylov yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 785,7 m3 qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 746,4 mln so‘mlik zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-1-moddasi (foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.