Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro D.O.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Qozog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlaridan birida 1-3 kurslarni o‘qiganligi haqidagi qalbaki hujjatlarni tayyorlab va yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Buxoro Innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetining tibbiyot yo‘nalishiga 4-kursdan o‘qishga kiritib berishini aytib, 26 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.