Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.R. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki o‘zini ko‘p yillardan beri Germaniya davlatiga ishlash uchun borib kelayotgan shaxs sifatida tanishtirib, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Germaniya davlatiga yuborishini va’da berib, ulardan 19 800 AQSh dollari va 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.