Buxoro viloyati Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati xabar berişiça, Ekologiya politsiyasi xodimlari tomonidan ötkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida Peşku tumanida yaşovçi beş nafar fuqaroning noqonuniy ov bilan şuğullangani aniqlangan.
Maʼlum bölişiça, ular muhofaza etiladigan hududda taqiqlangan tungi yoritiş moslamasidan foydalanib, ov quroli yordamida jami 13 ta quyonni ovlagan.
Holatni aniqlaş jarayonida xodimlar harakatlanib kelayotgan UAZ rusumli avtomobilni tekşiriş uçun töxtatgan. Biroq avtomobilda bölgan fuqarolar xodimlarning qonuniy talablariga böysunmasdan, ularga qarşilik körsatgan. Natijada ekologiya xodimlaridan biri tan jarohati olgan.
Jabrlangan xodimga zudlik bilan birinçi tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga tuman içki işlar bölimi xodimlari ham jalb etilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Holatga huquqiy baho berilişi va tekşiruv natijalari böyiça qöşimça maʼlumot taqdim etilişi bildirilgan.