Tekshiruv Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, Jondor tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan YaTT «Sh.U.» va fuqaro J.Q. o‘zaro til biriktirib, litsenziyasiz faoliyat yuritgan. Ular kirim hujjatlari va muvofiqlik sertifikati bo‘lmagan, umumiy qiymati 72 mln so‘mlik 1 115 litr etil spirtini birja savdolari orqali Olot tumani tibbiyot birlashmasi hamda boshqa byudjet tashkilotlariga pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib kelgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.