Kuchli portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 nafarga yetdi, deb xabar berdi Xitoy Markaziy televideniyesi (CCTV). Yana 61 kishi turli darajada jarohat oldi.

Fojia pirotexnika ishlab chiqarish korxonasida sodir bo‘ldi. Voqea joyida keng ko‘lamli qutqaruv operatsiyasi boshlandi: beshta guruh ishlamoqda, jami 482 kishi safarbar qilingan. Portlash sababi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalashda davom etmoqda, deb xabar berdi dzen.ru.