Bu Prezidentning 2026 yil 7 iyuldagi PQ–251-son «Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2027 yil 31 dekabrgacha ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (samosvallar bundan mustasno) quyidagi transport vositalari O‘zbekistonga import qilinganda ularga bojxona boji va utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi:

  • «Yevro-5» va undan yuqori ekologik standartlarga javob beradigan yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari;
  • to‘liq og‘irligi 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 kub metr bo‘lgan yarim tirkamalar.

Shu bilan birga, mazkur transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvdan o‘tkazilgan sanadан boshlab uch yil ichida eksportga sotilsa yoki qayta jihozlash natijasida TIF TN kodi o‘zgarsa (yoqilg‘i turini o‘zgartirish bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno), taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi va tegishli bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.

Qarorga asosan, Yevropa standartlariga javob beradigan mazkur yuk avtotransport vositalarini import qilishda ularni majburiy sertifikatlashdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha ham tegishli hukumat qarori qabul qilinishi belgilangan.