Maʼlum qilinishicha, ushbu shaxslar oʻzlarini qonundan ustun qoʻyib, koʻcha «yechimi», bezorilik va tazyiq orqali noqonuniy daromad orttirish bilan shugʻullanib kelgan. Ular jamoat tartibini qoʻpol ravishda buzib, fuqarolarga nisbatan ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazgan.

Qoʻlga olinganlar orasida:

Saidov Ikrom Erkinovich (1988 y., mukaddam Jinoyat kodeksi 277-modda bilan sudlangan);
Saidov Islom Erkinovich (1990 y., mukaddam Jinoyat kodeksi 267-modda bilan sudlangan);
Baizbaev Umidjon Zafar oʻgʻli (1998 y.);
Rustamov Aʼzamjon Mansurovich (2001 y.);
Suponov Qurbonali Nosirovich (2002 y.);
Farmonov Mirzoxid Shuxratovich (1988 y.).

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni bunday holatlarga duch kelganda zudlik bilan tegishli idoralarga murojaat qilishga chaqiradi. Jamoat tartibini buzish va bezorilik kabi xatti-harakatlar uchun jazo muqarrar ekani yana bir bor taʼkidlanmoqda.