Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekistondan jami 12 nafar delegatsiya a’zosi — 10 nafar sportchi va 2 nafar murabbiy ishtirok etdi.
Musobaqaning ilk kunlaridayoq terma jamoamiz hisobiga birinchi medal keltirildi. Sodiqjon Abdullayev 10 metrga to‘pponchadan otish bahslarida yuqori mahorat ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shundan so‘ng Javohir Sohibov pnevmatik miltiqdan otish yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning so‘nggi kunlarida esa Nikita Sokolov 50 metr masofada 3 xil holatda otish bahslarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
G‘olib va sovrindor sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.