Mazkur shaxsga nisbatan xalqaro qidiruv Oʻzbekiston Interpol MMB tomonidan Interpol kanallari orqali eʼlon qilingan. Uning joylashuvini aniqlash va qoʻlga olishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Interpol MMB Moldova Interpol MMB bilan doimiy axborot almashinuvini hamda hamkorlikdagi harakatlarni yoʻlga qoʻygan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxsning turgan joyi aniqlanib, Moldova Respublikasi hududida qoʻlga olindi.
Zarur ekstraditsiya jarayonlari yakunlangach, qidiruvdagi shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli idoralariga topshirildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar Interpol doirasidagi xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.