Ob-havoning sovişi munosabati bilan energetika tizimi taşkilotlari elektr va gaz taʼminoti barqarorligini taʼminlaş çoralarini körmoqda. Toşkent va boşqa hududlarda isitiş mavsumini boşlaş işlari olib borilmoqda.
Energetika vazirligi maʼlumotiga köra, gaz taʼminotida xonadonlar, maktablar, boğçalar, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarga ustuvorlik beriladi.
Zarur hollarda mavsumiy isteʼmolçilar, jumladan, avtomobillarga gaz quyiş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinça çeklanişi mumkin. Bunday çeklovlar hokimliklar bilan kelişilgan tasdiqlangan grafiklar asosida joriy etiladi. Isteʼmolçilar bu haqda oldindan xabardor qilinadi.
Gaz va elektr taʼminotida muammo yuzaga kelsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiliş mumkin:
- 1104 — gaz bosimi va taʼminoti;
- 104 — gaz avariya xizmati;
- 1154 — elektr uzilişlari va tarmoq nosozliklari.
Noqonuniy ulaniş yoki energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş holatlari haqida «Özenergoinspeksiya»ning +998 71 208-10-15 raqamiga xabar beriş mumkin.
Mutaxassislar xavfsizlik qoidalariga rioya qilişni ham eslatmoqda. Xususan:
- isitiş va gaz jihozlari, möri hamda şamollatiş yöllarining sozligini tekşiriş;
- nosoz jihozlardan foydalanmaslik;
- gaz plitasi yordamida xonani isitmaslik;
- elektr simlari va rozetkalarga ortiqça yuklama bermaslik;
- isitiş jihozlarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmaslik lozim.
Şuningdek, elektr energiyasini tejaş, keraksiz jihozlarni öçiriş va isitiş vositalaridan meʼyorida foydalaniş tavsiya etiladi. Bu nafaqat oilaviy xarajatlarni kamaytiriş, balki elektr tarmoqlaridagi yuklamani pasaytirişga ham xizmat qiladi.