Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Hazorasptumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari M.M va E.B. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, 2 500 AQSh dollari evaziga  fuqaro O.I.ga nisbatan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan hisoblangan 309 mln so‘mlik zararni kamaytirib berishlarini va’da qilib, kelishilgan puldan 1 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganliklari aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 4,8 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.