Xinhuaning xabar berishicha, bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi yo‘lovchilar harakatlanayotgan avtobusdan sakragan holda o‘zini qutqarib qolishga uringan.
“Fojiali voqeada to‘qqiz kishi — sakkiz erkak va bir ayol halok bo‘ldi”, dedi politsiya vakili.
Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in paytida avtobusda 35 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.
Yong‘in sababi hali aniqlanmagan. Politsiya va sud-tibbiy ekspertlari voqea joyida ishlamoqda, sababini aniqlash uchun namunalar to‘plamoqda, deb xabar berdi report.az.