Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi pochta bo‘limida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1994 y.t. shaxs Hindistondan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olib, ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, tegishli tartibda tekshirildi.

Natijada ushbu jo‘natma ichida tarkibida jami 1,8 kg “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 6000 dona kapsula borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.