Unga köra, Turkiyaning Limak İnşaat Sanayi ve Ticaret A.Ş. hamda Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting Company W.L.L. kompaniyalari konsorsiumi ğolib deb topildi.
Mazkur loyiha böyiça oçiq xalqaro tender 2026-yil 12-mart kuni “Quriş — topşiriş — boşqariş” (Build-Transfer-Operate — BTO) modeli asosida eʼlon qilingan edi.
Tender ikki bosqiçda — malaka sörovi (RFQ) va takliflar sörovi (RFP) şaklida ötkazildi. Avval xabar berilganidek, oltita kompaniya tanlovning yakuniy bosqiçiga ötgan. Uning natijalariga köra, Idoralararo tender komissiyasi ğolib konsorsiumni aniqladi.
Loyiha doirasida yangi aeroportni quriş va boşqariş işlari birgalikda amalga oşiriladi.
Xususiy şerik soatiga 1 200 nafar yölovçiga xizmat körsatiş quvvatiga ega yangi yölovçi terminali, vokzaloldi maydoni, avtoturargoh hamda tegişli infratuzilmani quriş va boşqariş uçun masʼul böladi.
Davlat şerigi esa aerodrom majmuasi, jumladan, uçiş-qöniş yölagi va perronni quriş hamda boşqariş vazifasini öz zimmasiga oladi.
Keyingi bosqiçda umumiy muddati 23 yilni, şu jumladan, uç yilgaça bölgan quriliş davrini qamrab oluvçi davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim tuzilişi rejalaştirilgan.
Tender ğolibi bölgan konsorsium tarkibidagi kompaniyalar xalqaro aeroportlar va yirik infratuzilma obyektlarini quriş hamda boşqariş böyiça katta tajribaga ega.
Jumladan, Limak kompaniyasi Kosovodagi Priştina va Senegaldagi Dakar xalqaro aeroportlarini boşqaradi. Şuningdek, Istanbul aeroporti qurilişida iştirok etgan va Misrdagi Qohira aeroportidan keyin Quvayt xalqaro aeroportining yangi terminalini quriş işlarini olib bormoqda.
HBK Contracting kompaniyasi esa 2022-yilgi futbol böyiça jahon çempionati final uçraşuvi ötkazilgan Qatardagi “Lusail” stadioni qurilişining boş pudratçisi bölgan.
“Buxoro ikki ming yildan ortiq tarixga ega Markaziy Osiyoning eng qadimiy şaharlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixiy markazi 1993-yilda YUNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. Yangi aeroport ortib borayotgan mehmonlar oqimini qabul qiliş hamda hududning xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Oçiq tender eʼlon qilinişi yirik xalqaro kompaniyalarda katta qiziqiş uyğotdi. Buxorodagi loyihani amalga oşiradigan jamoa yölovçilar uçun zamonaviy infratuzilma va qulay aeroport barpo etib, hududning xorijlik sayyohlar uçun jozibadorligini oşirişga va umuman, Özbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirişga hissa qöşişiga işonamiz”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” kompaniyasi.
Eslatib ötamiz, “Yangi Buxoro” xalqaro aeroportini quriş va boşqariş böyiça DXŞ loyihasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PQ–308-son qaroriga asosan “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda.