Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshiriladi. Bunda:

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 983 000 so‘m;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 083 000 so‘m; 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori: 

3 yoshgacha bo‘lgan 1 ta kichik farzandi uchun – 386 000 so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 1 ta farzandi uchun – 295 000 so‘m;

oilaning 2-farzandi uchun qo‘shimcha – 177 000 so‘m;

oilaning 3- va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha – 118 000 so‘m; 

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 450 000 so‘m etib belgilandi. 

2026-yil 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi. 

2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 504 000 so‘m etib belgilandi. 

2026-yil 1-sentabrdan: 

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 360 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m etib belgilandi.