Uchrashuvda qator muhim tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.
«Xususan, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi, Samarqanddagi “C5+1” uchrashuvi hamda Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti kun tartibi yuzasidan fikr almashdik», — deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning 17–22 oktabr kunlari O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.