Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. (muqaddam sudlangan) 2 nafar fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, ulardan jami 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 100 AQSh dollari va 22,8 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.