Şu örinda taʼkidlaş lozim, sport uçun davlatimiz tomonidan katta mablağ ajratiilmoqda. Uni töğri yönaltiriş-sarflaş masʼullarga katta masʼuliyat yuklaydi. Bugun bu borada, xususan, sport sohasida byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş va sportçi-yoşlar uçun teng imkoniyatlar yaratiş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş böyiça ham muayyan işlar bajarilmoqda.
Xöş, 2026-yilning ötgan ön oyi mobaynida ayni yönaliş böyiça qanday işlar amalga oşirildi? Oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş böyiça, aniqlangan qonunbuziliş holatlariga nisbatan qanday çoralar körildi?
Bu kabi savollarimizga Özbekiston Respublikasi Sport vaziri Adxam Ikramov şunday javob berdi:
– Xabaringiz bor, 2026-yilni muhtaram prezidentimiz korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça “Favqulodda holat” yili deb eʼlon qilgan edi. Davlatimiz rahbarining ayni çaqiriği hammamizning masʼuliyatimizni ikki karra oşirdi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişni biz nafaqat qonunbuziliş holatlarini oldini oliş, balki ularning ildizi bilan bartaraf etiş, adolatli va şaffof muhitni şakllantiriş yölidagi harakat deb bilamiz. Joriy yil vazirligimizda ayni maqsaddan kelib çiqilgan holda korrupsiyaga qarşi kuraşişning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Jumladan, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, kontragentlarni tekşiriş, davlat xaridlari va xizmat tekşiruvlarini taşkil etiş böyiça içki hujjatlar amaliyotga tatbiq etildi.
Bugun vazirlik va uning quyi tizim taşkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, oldini oliş va qonunbuziliş holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş ustuvor vazifaga aylangan.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirişning eng samarali yöllaridan biri – inson omilini qisqartiriş va jarayonlarni raqamlaştirişdir. Zero, raqamli texnologik jarayonlarda taniş-bilişçilik ketmaydi. Ayni işlar doirasida “ERP Sport” yagona elektron boşqaruv tizimi orqali 24 ta yönaliş böyiça xizmatlar bosqiçma-bosqiç elektron şaklga ötkazilmoqda. Bu boradagi işlar natijasida sportçi va murabbiylar faoliyatini masofadan tahlil qiliş, sport razryadlari, unvonlar va malaka sertifikatlariga oid maʼlumotlarni nazorat qiliş imkoniyati yaratildi.
Yana bir yangilik, byudjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida Situatsion markaz taşkil etildi. U orqali davlat xaridlari va moliyaviy jarayonlar masofaviy monitoring qilinmoqda. Bu esa ehtimoliy qonunbuzilişlarni öz vaqtida aniqlaş va ularning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Kezi kelganda taʼkidlaş joiz, davlat xaridlarida oçiqlik va raqobatni taʼminlaş – byudjet mablağlarini samarali sarflanişining muhim şarti. Sir emas, 2026-yilning ötgan ön oyida vazirligimiz tizimida amalga oşirilgan 22 ta davlat xaridi örganildi hamda umumiy qiymati 11 milliard 200 million sömlik 5 ta xarid jarayonida qonunbuziliş holatlarining oldi olindi. Uşbu holatlar yuzasidan tegişli tartibda xaridlar bekor qilindi. Töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun tegişli huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga yuborildi.
Ayni yönalişdagi işlar doirasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi” elektron platformasida vazirligimiz tizimi taşkilotlarining 469 nafar xodimining bu boradagi bilim va malakasi oşirildi.
– Adxam Ilxamoviç, sport maktablarida korrupsiyaga qarşi kuraşni kuçaytiriş böyiça qanday işlar amalga oşirilmoqda?
– Sport maktablarida maişiy korrupsiyaning oldini oliş doimo eʼtiborimiz markazida bölib kelgan. Vazirligimiz tizimi ayrim muassasalarida “Ota-ona – sport maktabi” moduli joriy etildi. Bu modul 2026-2027 öquv yilida tajriba tariqasida, 2027-2028 öquv yilidan boşlab esa barça sport taʼlimi dargohlarida tatbiq qilinadi.
Taʼkidlaş joiz, bu modul doirasida ota-onalarga musobaqalarda iştirok etadigan farzandlari, yaʼni sportçilarning musobaqalarga borib-keliş, mehmonxona va ovqatlaniş xarajatlari uçun davlat byudjetidan ajratiladigan mablağlar böyiça oldindan maʼlumot beriladi. Şuningdek, asossiz pul yiğimlarini aniqlaş uçun sörovnomalar ötkaziladi, xavf darajasi yuqori bölgan sport maktablarida örganişlar taşkil etiladi.
Maqsadimiz har bir ota-ona sport maktabidagi jarayonlar haqida töliq va işonçli maʼlumotlarga ega bölişini taʼminlaş, har bir sportçi öz iqtidori va mehnati bilan natijaga erişişi uçun barça zarur şart-şaroit yaratişdan iboratdir.
Şu örinda afsus bilan taʼkidlaşni istardim, 2026-yilning ön oyida vazirlikka korrupsiya faktlariga doir 47 ta murojaat kelib tuşdi. Ularning barçasi belgilangan tartibda örganib çiqildi. Jumladan, 34 ta murojaat yuzasidan tuşuntiriş berildi, 5 tasi qanoatlantirildi, şunçasi tegişli taşkilotlarga yuborildi, uçtasi anonim deb topildi.
Umuman olib qaraganda, vazirligimiz tizimida korrupsiyaviy jinoyatlar körsatkiçi kamaygan. Ammo buni kami ham köp. 2025-yilning ön oyida 20 ta korrupsiyaviy jinoyat böyiça 38 nafar şaxs qayd etilgan bölsa, joriy yilning mos davrida 7 jinoyat böyiça 12 nafar tizim xodimi körsatilgan.
Aslida bitta jinoyat ham bizni taşvişlantiradi. Şu bois ham soha xodimlarining huquqiy madaniyatini oşiriş va xizmatlarni raqamlaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş, davlat xaridlari va byudjet mablağlaridan foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş borasidagi işlarni yanada yaxşilaş böyiça jiddiy çora-tadbirlar körilmoqda. Zero, korrupsiyadan xoli sport — bu nafaqat şaffof boşqaruv, balki keng imkoniyatlar maydoni, adolat va işonç mezoni hamdir.
Suhbatni “Yangi Özbekiston” gazetasi muxbiri
Xolmurod Salimov yozib oldi.