AQŞ Transport xavfsizligi maʼmuriyati (TSA) va AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazlarining (CDC) Ebola virusi tarqalişiga qarşi kuraşişga qaratilgan talablariga muvofiq, 2026-yil 16-noyabrdan boşlab xalqaro parvozlar uçun qöşimça qoidalar joriy etiladi. Uşbu çoralar 2027-yil 16-fevralgaça saqlanib qoladi va AQŞga, AQŞ hududi orqali tranzit ötuvçi, şuningdek, AQŞdan safarni rasmiylaştirayotgan yölovçilarga nisbatan qöllaniladi.

Belgilangan qoidalarga köra, Amerika Qöşma Ştatlariga parvozga çiqişdan oldin har bir yölovçi parvozdan oldingi 21 kun içida Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) hududida bölmaganligi töğrisida majburiy tasdiqnoma (Attestation) taqdim etişi şart. Uşbu tasdiqlovni tekşiriş röyxatga oliş ustunlarida va samolyotga çiqişdan oldin hujjatlarni tekşirişda amalga oşiriladi.

Sayohatni rejalaştirişda uşbu talablarni inobatga oliş va barça parvoz oldi tartib-qoidalaridan xotirjam ötiş uçun aeroportga oldindan yetib keliş söraldi.