Nega dunyoning boşqa mamlakatlarida sanoat, texnika va ilm-fan rivojlanayotgan bir paytda bu yerda eski tartiblar hukmron? Nega jamiyatning kelajagini belgilaydigan masalalarda xalqning özi deyarli iştirok etmaydi? Bu savollar keyinçalik Abdurauf Fitratning butun ijodiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini belgilab berdi.
Fitrat yaşagan davrda Buxoro amirligida taʼlimning asosiy qismi anʼanaviy maktab va madrasalarda olib borilar, dunyoviy fanlarni öqitiş imkoniyatlari çeklangan edi. Davlat boşqaruvidagi qoloqlik, amaldorlar özboşimçaligi, iqtisodiy turğunlik jamiyat taraqqiyotiga tösqinlik qilardi. Fitrat bu muhitni içkaridan bilardi. U Buxorodagi anʼanaviy taʼlimni olgan, keyinçalik Istanbulda tahsil körib, Usmonli davlatidagi islohotçilik harakatlari va zamonaviy fikriy oqimlar bilan yaqindan tanişgan edi. Ana şu tajriba uning öz yurtiga munosabatini butunlay özgartirdi. U Buxoroning muammolarini dunyoning boşqa jamiyatlarida keçayotgan özgarişlar bilan qiyoslab baholay boşladi.
1911-yilda naşr etilgan “Munozara” asarida Fitrat Buxorodagi taʼlim tizimini bahs maydoniga olib çiqdi. Asarda anʼanaviy maktab tarafdori bölgan mudarris bilan yangi usuldagi taʼlimni yoqlovçi hindistonlik örtasidagi suhbat orqali jamiyatdagi muhim ziddiyatlar oçib beriladi. Fitratning asosiy eʼtibori öqitiş usullarini özgartirişga qaratilgan bölsa-da, u kötargan masalaning kölami ança keng edi. Çunki taʼlim qanday bölsa, jamiyatda şakllanadigan fikrlaş tarzi ham köp jihatdan şunga boğliq. Öz haq-huquqini anglaydigan, dunyodagi özgarişlardan xabardor, mustaqil muşohada yurita oladigan avlodni tarbiyalaş uçun maktabning özi ham özgarişi zarur edi.
Fitratning keyingi faoliyatiga nazar taşlasak, uning nima uçun adabiyot, tilşunoslik, dramaturgiya, taʼlim va siyosat bilan bir vaqtning özida şuğullanganini tuşuniş mumkin. U jamiyat muammolarini bir-biridan ajratib qaramagan. Maktabdagi taʼlim, oiladagi tarbiya, tilning mavqei, davlat boşqaruvi va millatning siyosiy ongi özaro boğliq ekanini anglagan. Şuning uçun bir asarida oila va farzand tarbiyasi haqida fikr yuritsa, boşqasida mamlakatni idora qiliş tartiblarini tanqid qilgan, yana birida xalqning tarixiy xotirasi va milliy özligini anglaş masalasini kötargan.
Fitratning millatni uyğotişga intilişini tuşuniş uçun uning asarlariga öşa davr şaroitida nazar taşlaş kerak. U öz jamiyati imkoniyatlarini ham, taraqqiyotga tösqinlik qilayotgan illatlarini ham körgan. Eng muhimi, mavjud ahvolni özgartiriş mumkinligiga işongan. Uning butun faoliyatida şu işonç seziladi: xalqning kelajagi haqida qayğuriş bugunini tanqidiy baholaşdan, kamçiliklarini oçiq aytişdan va ularni bartaraf etiş yöllarini izlaşdan boşlanadi.
2026-yil 27-oktyabr kuni Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida taşkil etilgan tadbirda uning merosiga yana bir bor murojaat qiliş uçun rad etib bölmas asoslar bor. Çunki Fitrat qoldirgan kitoblar faqat ötmişda qanday yaşaganimiz haqida maʼlumot bermaydi. Ularda jamiyat qay tarzda rivojlanişi, taʼlim insonni qanday tarbiyalaşi, ziyolining xalq oldidagi masʼuliyati nimalardan iborat bölişi haqida hozir ham muhokama qilişga arziydigan ötkir fikrlar mavjud. Ularning qaysilari öz davri bilan birga tarixda qolgani, qay biri bugun ham ahamiyatli ekanini aniqlaş esa Fitrat ijodini qayta va qayta öqişdan, uqişdan, örganişdan boşlanadi.
Tadbir davomida anjuman iştirokçilari eʼtiboriga filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovning Abdurauf Fitrat hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan mualliflik filmi namoyiş etildi. Film orqali adibning murakkab hayot yöli, maʼrifatparvarlik faoliyati va milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasi yoritilgan.
Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid, filologiya fanlari doktorlari, professorlar Hamidulla Boltaboyev, Nurboy Jabborov, Uzoq Jöraqulov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, yozuvçi Olim Toşboyev, Orzigul Hamroyeva maʼruzalari bilan iştirok etdi. Notiqlar Fitratning adabiyot, tilşunoslik, dramaturgiya, tarixşunoslik va musiqaşunoslik sohalaridagi xizmatlari, uning milliy tafakkur rivojiga qöşgan hissasi hamda ijodiy merosining bugungi ahamiyati xususida fikr yuritdi.
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti boş ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, professor Yaşar Qosimbeylining videotabrigi anjumanning xalqaro ahamiyatini oşirdi. Uşbu iştirok Fitrat merosi nafaqat Özbekistonda, balki qardoş xalqlar adabiy va ilmiy muhitida ham eʼtiborga molik ekanini namoyon etdi.
Tadbir dasturidan Fitratning adabiy, ilmiy va maʼrifiy merosi, milliy uyğoniş harakatidagi iştiroki, şuningdek, adibning “Tanlangan asarlar” töplami hamda yozuvçi Olim Toşboyevning “Fitrat” romani muhokamasi örin oldi.
— Adabiy-maʼrifiy anjuman doirasida Özbek davlat drama teatri ijodkorlari tomonidan “Turkiston bolalari” sahna asaridan parça namoyiş etildi, — deydi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzo. —
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi öquvçilari adib şeʼrlaridan namunalar öqidi. Bu badiiy çiqişlar Fitrat ijodining nafaqat ilmiy-adabiy, balki estetik va tarbiyaviy qudratini ham namoyon etdi.
Anjumanda yozuvçi Olim Toşboyev Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida naşr etilgan “Fitrat” romani haqida söz yuritdi. Professor Orzigul Hamroyeva esa adibning “Tanlangan asarlari” töplami xususida fikrlarini bayon etdi. Mazkur naşrlar Fitratning boy adabiy merosini keng kitobxonlar ommasiga yetkaziş, asarlarini yanada çuqurroq örganiş yölidagi muhim qadamlardan hisoblanadi.
— Bugun Fitratni öqişga qiziqiş ortib borayotgan bölsa, bu qiziqişni puxta ilmiy tadqiqotlar bilan taʼminlaşimiz kerak, — deydi yoş şoir, “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlaşgan tahririyati muxbiri Bahodir Jovliyev. — Masalan, uning taʼlim haqidagi qaraşlarini örganayotgan tadqiqotçi faqat biror asari bilan çeklanib qolmay, öşa davrdagi maktablar ahvoli, jadidlarning taʼlim dasturlari va ularga qarşi bildirilgan fikrlarni ham tahlil qilişi lozim. Şunda Fitratning qaysi takliflari öz davri uçun yangilik bölgani, qaysilari kengroq islohotçilik harakatining tarkibiy qismi ekani oydinlaşadi.
Qatağon qurboni bölgan Fitratning hayoti va taqdiri millat maʼnaviyati yölidagi fidoyilik, erkin fikr va maʼrifat uçun kuraşning aççiq saboqlarini özida mujassam etadi. Uning asarlari bugun ham milliy özlik, Vatan taqdiri, inson qadri va taraqqiyot haqida muşohada yuritişga undaydi.
Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligiga bağişlangan anjuman uluğ adib xotirasini eʼzozlaş, ilmiy-ijodiy merosini yangi avlodga yetkaziş va milliy adabiyotimiz tarixidagi örnini yanada çuqur anglaş yölidagi muhim maʼnaviy tadbir böldi.
Azizbek YUSUPOV,
“Yangi Özbekiston” muxbiri