«Namangan aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari DXX Aviatsiya xavfsizligini taʼminlaş xodimlari hamda Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda «Namangan — Dehli» yönalişidagi aviareys orqali Hindistonga uçib ketmoqçi bölgan fuqaroning yuklarini tekşirdi.

Bojxona xodimlari yölovçining yuklari orasidagi mayiz va yonğoq aralaşmasi solingan paketga eʼtibor qaratdi. Sinçiklab tekşirilganda esa paket içiga qölbola usulda tayyorlangan 4 ta oltin quymaçasi hamda zargarlik buyumlari yaşirilgani aniqlandi.

Maʼlum bölişiça, umumiy oğirligi 90,45 gramm bölgan uşbu zargarlik buyumlarining qiymati 108 million 540 ming sömni taşkil etadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.