“Hududgaztaminot” matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, maişiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida töldiriş xavfsizlik talablariga zid. Bu taqiq Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktyabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yonğin xavfsizligi qoidalarining 674-bandida ham belgilangan.

Şu yil 2-noyabrda qabul qilingan ÖRQ–1186-son Qonun bilan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyiş uçun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi. Uşbu norma 2027-yil 5-fevraldan kuçga kiradi.

“Hududgaztaminot” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy ballonlarni töldiriş uçun javobgarlik belgilangani yuzasidan bildirilgan turli fikrlarga munosabat bildirarkan, maişiy gaz ballonlarini töldiriş xizmati bekor qilinmagani va aholi uçun çeklanmaganini taʼkidladi.

Amaldagi tartibga köra, bu xizmat tegişli xavfsizlik talablariga javob beradigan, belgilangan tartibda ruxsat olgan maxsus gaz töldiriş stansiyalari (GTS) va şoxobçalari (GTŞ) orqali amalga oşiriladi.

Respublika böyiça «LPG-Trade» MÇJ tasarrufida bölmagan 360 dan ortiq gaz töldiriş stansiyasi va şoxobçasi mavjud. Ular mustaqil yuridik şaxslar tomonidan boşqariladi hamda aholining maişiy gaz ballonlarini töldiriş huquqiga ega.

Bundan taşqari, aholi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş maqsadida mavjud avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalari hududida maişiy ballonlarni xavfsiz töldirişga möljallangan alohida maxsus postlar taşkil etiş taklifi tegişli taşkilotlarga kiritilgan.