Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sh.Adrian ham ishtirok etdi. Unda T. Hakala tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy kursi tufayli mintaqada mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, oʻzaro ishonch mustahkamlanayotgani, oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatilayotgani alohida qayd etildi. Bularning barchasi, shubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida “strategik imkoniyatlar oynasini” ochishga koʻmaklashadi. Uchrashuv davomida, oliy martabali mehmonga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti va uning faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Unga koʻra, Institutning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, barqarorlik va farovonlik muhitini yaratishda oʻzining amaliy taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat ekani qayd etildi. Shuningdek, turli sohalarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning istiqbollari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayni paytda MOXI va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uchrashuv yakunlari boʻyicha, qoʻshma dasturlar va tadbirlar, shu jumladan tadqiqot ishlari, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvlarini tashkil etishga doir amaliy qadamlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 24-avgustda Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Institut direktori Anvar Nasirov va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Hakala oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida MTM direktori va o‘rinbosari pora bilan ushlandi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- Paxta yigʻim-terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi
- 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida
- Andijonda atmosferaga zarar yetkazayotgan korxona faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
- O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi