Tadbirda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Sh.Adrian ham ishtirok etdi. Unda T. Hakala tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonning yangi mintaqaviy kursi tufayli mintaqada mutlaqo yangicha siyosiy muhit yaratilib, oʻzaro ishonch mustahkamlanayotgani, oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatilayotgani alohida qayd etildi. Bularning barchasi, shubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida “strategik imkoniyatlar oynasini” ochishga koʻmaklashadi. Uchrashuv davomida, oliy martabali mehmonga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti va uning faoliyati xususida batafsil maʼlumot berildi. Unga koʻra, Institutning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik, barqarorlik va farovonlik muhitini yaratishda oʻzining amaliy taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat ekani qayd etildi. Shuningdek, turli sohalarda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlarning istiqbollari hamda mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ahamiyatli tomoni shundaki, ayni paytda MOXI va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy tahlil markazlari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uchrashuv yakunlari boʻyicha, qoʻshma dasturlar va tadbirlar, shu jumladan tadqiqot ishlari, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvlarini tashkil etishga doir amaliy qadamlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Markaziy Osiyo xalqaro institutida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yil 24-avgustda Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Institut direktori Anvar Nasirov va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Teri Hakala oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toshkentda Oʻzbekiston terma jamoasining JCH-2026 oʻyinlarini tomosha qilish uchun 13 ta maydon ochiladi
- Muhim minerallar xomashyo bazasi kengaytirilib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladi
- Generatsiyada “yashil” energiya ulushining ortishi tabiiy gazga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirmoqda
- AQShda samolyotning halokatga uchrashi oqibatida 12 nafar parashyutchi hayotdan ko‘z yumdi
- Toshkentda “Daryo bo‘yibusiness city” yirik shaharsizlik loyihasi taqdim etildi
- Yangi avlod ilm fidoyilari: islohot endi natijaga ishlaydi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistonga keldi
- Kichik biznes oʻsishi uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi