Ma’lumki, navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda kasbiy sertifikatlash sinovlariga murojaat yuborishda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undirilar edi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga asosan, endilikda pedagoglarga ushbu yig'im bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida etib belgilandi!

Pedagoglar murojaat yuborishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:

Vazirlikning rasmiy pedagog.uzedu.uz platformasi orqali

Davlat xizmatlari markazlari orqali

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali

Ma'lumot uchun: hozirgi kunda kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda. Qabul joriy yil 31-iyulgacha davom etadi.

Avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlarida ishtirok etish uchun qabul 1-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan.