Reuters.com saytining ma’lum qilishicha, Eron AQSh taklif qilgan muzokaralarning navbatdagi bosqichida ishtirok etmasligini bildirgan. Tehron bunga sabab sifatida blokada, tahdidlar va Vashingtonning «ortiqcha talabлари»ni keltirmoqda.
Avvalroq Donald Trump Eron shartlarni qabul qilmasa, mamlakat infratuzilmasiga zarba berilishini aytgan. Eron esa bunday holatda AQSh bazalari joylashgan mintaqadagi obyektlarga hujum qilishini ogohlantirgan.
Ayni paytda, mojaro global energiya bozoriga ham ta’sir ko‘rsatmoqda: neft narxlari keskin oshdi, moliya bozorlarida esa pasayish kuzatildi.
Ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar Islomobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Eronning rad javobi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Mutaxassislar fikricha, mojaroning chuqurlashishi nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda iqtisodiy va xavfsizlikka oid xavflarni kuchaytirishi mumkin.