Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalarining faoliyati bilan ham tanishish rejalashtirilgan.