Unda Rossiyaning Sibir hududlaridagi 18 ta oliy taʼlim muassasasi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvlarda taʼlim, ilm-fan, madaniyat va akademik almashinuv sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qator kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, «Fargʻona Ekspo» markazida ikki tomonlama hamkorlikning madaniy-gumanitar yoʻnalishiga bagʻishlangan panel sessiyasi tashkil etildi. Unda Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov moderator sifatida ishtirok etdi.
Tadbirlar doirasida kontsert dasturi ham namoyish etildi. Unda oʻzbek va rus xalqlarining milliy madaniyati hamda sanʼati aks ettirildi.
Uchrashuvlardagi muloqotlar va ilgari surilgan yangi tashabbuslar Oʻzbekiston va Rossiya hududlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.
Hamkorlik materiali