Yig‘ilishda Konfederatsiya raisini saylash, uning faoliyatini takomillashtirish, hududiy vakillik tizimini joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Ta’sischilar qaroriga muvofiq, O‘zbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasi raisi lavozimiga jamoatchilik asosida Davron Vaxabov tayinlandi.