Uçraşuv FarDU jamoasining sobiq boş murabbiyi Sergey Lebedev xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan boşlandi.

Birinçi bölimning 45+1-daqiqasida mehmonlar vakili Norxon Şeripov Feruzjon Zokirovga nisbatan qöpol öyin namoyiş etdi. Boş hakam dastlab futbolçiga sariq kartoçka körsatdi. Biroq VAR aralaşuvidan söng qaror özgartirilib, Şeripov maydondan çetlatildi. Natijada FarDU öyinni bir kişi kam bölib davom ettirdi.

56-daqiqada «Metallurg» darvozasi oldidagi vaziyatdan söng töp darvozabon Dilşod Yoqubovga tegib, darvoza çiziğidan ötdi. Şu tariqa mezbonlar hisobni oçdi — 1:0.

78-daqiqada burçak töpidan keyin Rasuljon Abdurahmonovning boş bilan yöllagan zarbasi raqib futbolçisi Marko Miliçkoviçning qöliga tegdi. VAR yordamida vaziyatni körib çiqqan boş hakam «Metallurg» darvozasi tomon penalti belgiladi. Rian Islomov 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oşirib, hisobni tenglaştirdi — 1:1.

Uçraşuvning asosiy vaqtida boşqa gol kiritilmadi. Qöşimça 30 daqiqada ham jamoalar raqib darvozasini işğol eta olmadi.

Ğolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda FarDU futbolçilari aniqroq harakat qilib, 4:2 hisobida ğalaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqiçiga yöl oldi.

Endi FarDU keyingi bosqiçda «Olimpik MobiUz» jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Uşbu bahs ğolibini Superliga jamoasiga qarşi pley-off uçraşuvi kutib turibdi.

«Metallurg» — FarDU — 1:1 (penaltilar seriyasi — 2:4).