Bu Prezidentning «Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorida (PQ–359-son, 2026 yil 2 oktyabr) belgilandi.

Qarorga koʻra, Lyaoning pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali Xorazm viloyatida tashkil etiladi.

Filialda taʼlim jarayoni 2026/2027 oʻquv yilidan boshlanadi. Oʻqitish oʻzbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

Taʼlim kunduzgi va muqobil taʼlim shakllarida tashkil etiladi.

Shuningdek, 2030/2031 oʻquv yiliga qadar filialga qabul qilingan talabalar oʻqishning butun davri davomida toʻliq davlat granti asosida tahsil oladi.

2030/2031 oʻquv yilidan boshlab esa qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi.

Filial talabalarining amaliyoti oʻquv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida, jumladan, dual taʼlim asosida tashkil etiladi.