Bosh prokuratura huzuridagi Nukus shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yu.A. YATT “M.K.”ning ishonchiga kirib, uning “Bayterek” MFY hududidagi savdo do‘konining kadastr hujjatlarini xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berishini va’da qilib, 20 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, fuqaro Yu.A. muqaddam YATT “J.V.”ning ham savdo do‘konining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 25 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.