Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, mojaro dastlab Xuangning Megaspeed kompaniyasining sobiq rahbari Elis Xuan bilan nikohdan taşqari munosabatlari haqidagi maʼlumotlar tarqalişi ortidan boşlangan. Dastlab Nvidia va kompaniya rahbari ular örtasida faqat işbilarmonlik aloqalari bölganini bildirgan. Keyinçalik esa Xuang mazkur munosabatni tan olgani haqida xabar berildi.

Şundan söng The New York Times naşri Nvidia kompaniyasida soğliqni saqlaş yönalişi böyiça vitse-prezident lavozimida işlovçi Kimberli Pauell bilan ham Xuangning yaqin munosabatlari bölgani haqida maʼlumot tarqatdi. Qayd etilişiça, u bevosita kompaniya rahbariga böysungan.

Mazkur holatlar kompaniyada korporativ boşqaruv va manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq savollarni keltirib çiqargan.

Şu bilan birga, AQŞ rasmiylari Nvidia texnologiyalarining Xitoyga noqonuniy yetkazib berilişi ehtimoli bilan boğliq holatlarni ham tekşirmoqda. Megaspeed kompaniyasi Nvidia çiplarini Xitoyga noqonuniy yetkazib berişda gumon qilingan, biroq bu ayblovlar rad etilgan. Nvidia esa korporativ maʼlumotlar sizib çiqqani yoki milliy xavfsizlikka tahdid mavjudligi haqida maʼlumotga ega emasligini bildirgan.

Xabarlarda aytilişiça, Jensen Xuang isteʼfoga çiqqanidan keyin kompaniyani vaqtinça moliyaviy direktor Kolett Kress boşqaradi.

Mazkur voqealar Nvidia aksiyalari qiymatiga ham taʼsir körsatgani xabar qilindi. Jumladan, AQŞ fond birjalari oçilişidan oldin kompaniya aksiyalari 12,49 foizga arzonlaşib, 152,04 dollarni taşkil etgani aytilgan.