Bu haqda Popular Science naşri xabar berdi.
AQŞning Oregon ştati universiteti botaniklari organik moddalar qöşilgan taqdirda kartoşka sunʼiy ravişda yaratilgan lunar tuproqda muvaffaqiyatli ösişi mumkinligini tajriba orqali tasdiqladi.
Oyda kelajakda qişloq xöjaligini yölga qöyişdagi asosiy muammolardan biri — mahalliy tuproqning öziga xos xususiyatlaridir. Oy regoliti deyarli organik moddalarga ega emas va mustaqil ravişda ösimliklarni zarur ozuqa elementlari bilan taʼminlay olmaydi. Bundan taşqari, uning tarkibida oğir metallar mavjud, Oy sirti esa doimiy ravişda kosmik va quyoş nurlanişi taʼsirida böladi.
Şu sababli olimlar odatiy qişloq xöjaligi qöşimçalari bunday muhitning salbiy xususiyatlarini bartaraf eta olişiga işonç hosil qila olmagan.
Bu taxminni tekşiriş uçun tadqiqotçilar tarkibi “Apollon” kosmik missiyalari davomida olib kelingan namunalar xususiyatlariga mos keladigan sunʼiy Oy regolitini yaratişdi. Keyin esa uşbu materialni biogumus — yomğir çuvalçanglari yordamida organik materiallarni qayta işlaş natijasida hosil böladigan, ozuqa moddalariga boy organik aralaşma bilan qoriştirişdi.
Şundan söng olimlar regolit va vermikompostning turli nisbatlaridan iborat aralaşmalarga kartoşka ekib, ösimliklarning ösişi va rivojlanişini kuzatişdi.
Tajriba natijalari umidbaxş böldi. Maʼlum bölişiça, odatiy Yer tuproğida yetiştirilgan kartoşkaga qiyoslanadigan hosil oliş uçun tarkibida atigi 30 foiz vermikompost bölgan aralaşmaning özi yetarli ekan.
Ehtimol, organik komponentlar regolit tarkibidagi oğir metallarning zaharli taʼsirini kamaytirişga va ösimlik ildiz tizimini himoya qilişga yordam beradi.
Biroq hosil olişning öziyoq bunday kartoşka isteʼmol qiliş uçun xavfsiz ekanini anglatmaydi. Şuning uçun tadqiqotçilar uning kimyoviy tarkibini ham alohida örganişdi. Bunda kartoşka tarkibida tabiiy ravişda uçraydigan glikoalkaloidlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Uşbu zaharli birikmalarning yuqori konsentratsiyasi inson salomatligi uçun xavf tuğdirişi mumkin. Kartoşkada ularning töplanişi, jumladan, tuganaklarning yaşil tusga kirişi bilan ham boğliq.
Tahlil natijalari Oy tuproğiga öxşaş sunʼiy muhitda yetiştirilgan kartoşkada glikoalkaloidlar miqdori statistik jihatdan sezilarli darajada oşmaganini körsatdi. Bu esa tegişli şaroitlar yaratilganda olingan hosil isteʼmol qiliş uçun yaroqli bölişi mumkinligidan dalolat beradi.
Tadqiqotning keyingi bosqiçida olimlar sunʼiy Oy regolitida yetiştirilgan kartoşkaning ön xil navini özaro taqqoslaşni rejalaştirmoqda. Ular qaysi navlar bunday şaroitga yaxşiroq moslaşişi, yuqori ozuqaviy qiymatga ega bölişi va Oyda barqaror hosil berişini aniqlaşni maqsad qilgan, deb xabar berdi korrespondent.net.
Avvalroq NASA 20 milliard dollarlik Oy bazasini yaratilişi haqida eʼlon qilgan edi.