Bu haqda Toşkent şahar prokuraturasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, tekşiruv jarayonida soliq organi xodimlari bodi-kameradan foydalanmagan, xolislar iştirokini taʼminlamagan, murojaatda körsatilgan vajlar doirasidan çetga çiqqan hamda tekşiruv hujjatlarini rasmiylaştirişda qonun talablarini buzgan.
Şuningdek, tekşiruvda iştirok etgan soliq organi xodimi muqaddam ham şunga öxşaş huquqbuzarlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortilgani maʼlum böldi.
Uşbu xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 192²-moddasi birinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Toşkent şahar prokuraturasi tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş, tekşiruv ötkaziş tartibini buziş javobgarlikka sabab bölişini eslatdi.
Şuningdek, tadbirkorlar bunday holatlarga duç kelganda prokuratura organlariga murojaat qilişlari mumkinligi bildirildi.