Joriy yilning 18-iyun kuni soat 14:01 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga O‘rta Chirchiq tumani "Jang‘abay" MFY hududidan oqib o‘tuvchi "Toshkent magistral" kanaliga "Nexia" rusumli avtomobil tushib ketgani hamda uni chiqarib olish uchun yordam zarurligi haqida xabar kelib tushdi.
Xabarga asosan viloyat FVBB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib oldilar.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisaga avtomobilning tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Avtomobilda yolg‘iz bo‘lgan haydovchi tezkor harakati bilan avtomobildan quruqlikda tushib qolgan.